22:54 / 12.03.2019
4 368

Avtosanoat mamlakatdagi iqtisodiy holat yaxshilanganini maʼlum qildi

Avtosanoat mamlakatdagi iqtisodiy holat yaxshilanganini maʼlum qildi
Umumiy iqtisodiy holat yaxshilanganligini maʼlum qilgan respondentlar ulushi avtomobil sanoatida III chorakdagi 67 foizdan IV chorakda 83 foizgacha oshdi. Bu haqda Markaziy bankning “Iqtisodiyot real sektori korxonalari bilan oʻtkazilgan soʻrov natijalari - 2018 yil IV chorak” hisobotida aytilgan.

2018 yil IV choragi yakuni boʻyicha oʻtkazilgan soʻrovda jami 433 ta korxona va tashkilotlar qamrab olingan boʻlib, ular oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat, savdo va umumiy ovqatlanish, qurilish materiallari sanoati, tibbiy xizmat sohasi, turizm sohasi, transport sohasi, qurilish ishlari sohasi va hokazolarda faoliyat yuritadi.

Umumiy iqtisodiy holat yaxshilanganligini maʼlum qilgan respondentlar ulushi kimyo sanoatida 62 foizdan 79 foizgacha, togʻ-kon sanoatida 60 foizdan 75 foizgacha, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 71 foizdan 75 foizgacha, qurilish ishlari sohasida 65 foizdan 70 foizgacha oshgan boʻlsa, yengil sanoatda 81 foizdan 76 foizgacha, oziq-ovqat sanoatida 76 foizdan 72 foizgacha, tibbiy xizmat sohasida 80 foizdan 65 foizgacha hamda transport xizmati sohasida 78 foizdan 73 foizgacha pasaygan.

Bundan oldin, Oʻzbekistonda biznes ishlab chiqarish hajmining oshishiga toʻsqinlik qilayotgan asosiy muammolarni maʼlum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Avtosanoat mamlakatdagi iqtisodiy holat yaxshilanganini maʼlum qildi