19:00 / 14.03.2019
8 407

AQSH Oʻzbekistonda gaz qazib olishni boshladi

AQSH Oʻzbekistonda gaz qazib olishni boshladi
AQSHning Epsilon Development LLC kompaniyasi Qashqadaryo viloyatidagi “Tolimarjon” konida gaz qazib olishni boshladi. Xabarlarga koʻra, sutkasiga kutilayotgan koʻk yoqilgʻi hajmi 250 ming kub metrni tashkil etadi.

Amerika kompaniyasi joriy yilning fevral oyida “Tolimarjon” gaz konini oʻzlashtirishga kirishdi. Gaz Oʻzbekiston ichki bozorida sotiladi.
Epsilon Development kompaniyasi Oʻzbekistonda gaz qazib olishga 5,2 milliard dollarlik investitsiya kiritishi kutilmoqda.

Avvalroq, Amerika kompaniyasi Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida sezilarli xarajatlar talab qiladigan hamda oʻzlashtirish qiyin boʻlgan konlarda gaz qazib olishini maʼlum qildi. Kelgusi ikki yil ichida Qoʻshma Shtatlar ushbu hududlardagi gaz konlarini oʻzlashtirishga 2 milliard dollar sarmoya kiritmoqchi.

Maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi yillarda mamlakatga 11,8 milliard dollar investitsiya kiritildi, ushbu miqdorning 73% neft va gaz sektoriga yoʻnaltirildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » AQSH Oʻzbekistonda gaz qazib olishni boshladi