17:09 / 23.03.2019
23 203

Oʻzbekistonda 8 foizli kredit berilishi maʼlum qilindi

Oʻzbekistonda 8 foizli kredit berilishi maʼlum qilindi
Kreditlar tavsiyanoma va xulosalar asosida kimlarga va qancha miqdorda berilishi aytildi.
Bu toifadagi kredit eng kam ish haqining 150 baravarigacha miqdorda — oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun beriladi.

Eng kam ish haqining 1000 baravarigacha miqdorda — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan kichik tadbirkorlik subyektlariga beriladi.

Kreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ajratilishi maʼlum qilindi.
Aylanma mablagʻlarni toʻldirishga imtiyozli kreditlar 18 oy muddatgacha revolver kredit tarzida ajratiladi.

Kreditlar loyihaning biznes-rejasiga muvofiq oʻzini oʻzi qoplashidan kelib chiqib 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yil muddatgacha ajratilishi mumkin. Bunda berilayotgan imtiyozli davr va kreditni qaytarish muddati batafsil asoslantirilishi kerak.

Hududlarda samaradorligi yuqori va barqaror ish oʻrinlari yaratish imkoniyati mavjud loyihalarga dastur doirasidagi resurslar hisobidan eng kam ish haqining 1000 baravaridan ortiq miqdorda yillik 8 foiz stavkada imtiyozli kredit ajratilishi mumkin (loyiha joyida tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda batafsil oʻrganiladi).

Kredit – tovarlar (xizmatlar) shartnoma asosida kelishilgan narxda yetkazib berilgandan (xizmatlar koʻrsatilgandan) va loyiha egasi undan qanoatlanish hosil kilganidan soʻng – ajratiladi va maxsulot yetkazib beruvchi (xizmat koʻrsatuvchi)ning hisob raqamiga oʻtkazib beriladi.

Bu haqdagi batafsil maʼlumotlar Prezidentning PQ-4231-sonli, PQ-3777-sonli qarorlari va 3022-sonli Nizomdan oʻrin olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oʻzbekistonda 8 foizli kredit berilishi maʼlum qilindi