11:06 / 25.03.2019
2 966

Jahon banki Oʻzbekistonga 200 million dollar ajratishni maʼqulladi

Jahon banki Oʻzbekistonga 200 million dollar ajratishni maʼqulladi
Jahon banki (JB) direktorlar kengashi Oʻzbekistonga 200 million AQSH dollari miqdorida kredit ajratishni maʼqulladi.
Qarz mablagʻlari Fargʻona vodiysida mikro, kichik va oʻrta korxonalarni qoʻllab-quvvatlash uchun yoʻnaltiriladi.

“Oʻzbekiston hukumati iqtisodiyotni isloh qilish va iqtisodiy oʻsishning yangi dastaklarini izlash zarurligini tan oldi. Hozirda yangi ish oʻrinlari yaratish va daromadlar darajasini oshirish imkonini beradigan xususiy sektor rivojlanishini jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilmoqda. 2017 yilda Oʻzbekistonda ish bilan band boʻlgan barcha fuqarolarning qariyb 78 foizi mikro va kichik korxonalarda, 27 foizdan ortigʻi qishloq xoʻjaligida ishlagan. Mikro, kichik va oʻrta korxonalar sektori iqtisodiyotda muhim rol oʻynab, mamlakat YAIMning 50 foizini yaratadi”, - deya taʼkidlab oʻtishgan Jahon bankidan.

Fargʻona vodiysi - aholining yuqori zichligi bilan ajralib turadigan noyob mintaqa. Bu yerda taxminan 10 million kishi yashaydi, yoki aholining taxminan 30 foizi. Bu hududda, shuningdek, mamlakatdagi kam taʼminlangan fuqarolarning 25 foizi istiqomat qiladi.

Loyiha qishloq joylarda istiqbolli tarmoqlarda ishlayotgan tadbirkorlarga yordam beradi. Masalan, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, hunarmandchilik, qishloq joylarda aholi uchun turli xizmatlar koʻrsatish, turizm va kichik seriyali ishlab chiqarish.

Jahon banki Oʻzbekistonda umumiy qiymati qariyb 3,4 milliard dollar boʻlgan 19ta loyihani amalga oshirmoqda. Ular makroiqtisodiy islohotlarni qoʻllab-quvvatlash, qishloq xoʻjaligi, energetika, transport, sogʻliqni saqlash, taʼlim, shahar iqtisodiyoti, suv taʼminoti va sanitariya sohalarini takomillashtirish orqali mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qoʻshmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Jahon banki Oʻzbekistonga 200 million dollar ajratishni maʼqulladi