18:16 / 02.04.2019
4 094

Ekspert Oʻzbekiston iqtisodiyotining dollarlashuvi xatarlari haqida gapirdi

Ekspert Oʻzbekiston iqtisodiyotining dollarlashuvi xatarlari haqida gapirdi
Oʻzbekiston iqtisodiyotida dollarlashuv darajasining yuqoriligi Markaziy bank monetar siyosati samaradorligini pasaytiradi, ayrim hollarda, defoltga olib kelishi mumkin. Bu haqda Kapital bozorini rivojlantirish agentligi boshqarma boshligʻi Tursunboy Mahkamov maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston iqtisodiyotining dollarlashuv darajasi juda yuqori ekanini hamma tushunmoqda, ammo valyuta xatarlari orasidagi farqni yoʻqotish uchun mamlakatda oltin-valyuta zaxiralari yetarli ekani tufayli (2019 yil 1 yanvar holatiga 26,3 mlrd. AQSH dollari) “bunga katta eʼtibor berishmayapti”.

Agentlik iqtisodiyotning dollarlashuvi boʻyicha beshta asosiy xatarni ajratgan:

1. Milliy valyuta zaiflashuvi
2. Tashqi qarz olish qiymatining oshishi
3. Mamlakatning suveren reytingi darajasiga salbiy taʼsir
4. Markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga oshirish boʻyicha imkoniyatlarini cheklash
5. Valyuta xavfining oshishi

“Biz Markaziy bankning monetar siyosatni olib borish boʻyicha imkoniyatlari qisqarayotganini kuzatyapmiz. Qayta moliyalash stavkasi juda yuqori, lekin inflyatsiya hali ham ikki sonli boʻlib turibdi. MB inflyatsiyani targetlashi va monetar siyosatni kuchaytirishi haqida eʼlon qilgani eʼtiborga olinsa, natijalar kutilganidek boʻlmayapti. Bu bank tizimining katta qismi dollarga bogʻlangani bilan aloqador. MB oʻzining monetar siyosatida faqat iqtisodiyotning kichik qismiga harakat qilayotgani ayon boʻladi. Shuning uchun u natijaga olib kelmayapti”, - dedi Mahkamov fond bozori vakillari bilan uchrashuvda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Ekspert Oʻzbekiston iqtisodiyotining dollarlashuvi xatarlari haqida gapirdi