Markaziy bank tomonidan yangi tahrirdagi «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida» gi qonunning loyihasi ishlab chiqildi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmatiga tayanib Kun.uz ma’lum qiladi.
Mazkur qonun loyihasi qabul qilingandan so‘ng, jismoniy shaxslarga naqd chet el valyutasini sotish masalasi ko‘rib chiqilishi ham kutilmoqda.
Ta’kidlanishicha, amaldagi qonunchilik normalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan naqd chet el valyutasini sotish hamda sotib olish tartibi barqaror yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.
2018 yilning 1 aprelidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslar tomonidan xorijiy valyutani mobil ilovalar orqali onlayn sotib olish amaliyoti hamda xalqaro to‘lov kartalariga sotib olingan xorijiy valyutani tijorat banklari tomonidan naqd shaklda yechib olish mexanizmi joriy etilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi