12:57 / 22.04.2019
3 511

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi tusha boshladi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi tusha boshladi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 23 apreldan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 14,01 so‘mga arzonlashgan va 1 dollar 8441,36 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

1 yevro kursi 61,42 so‘mga tushib, 9493,15 so‘mni tashkil etgan.
1 rubl esa 0,25 so‘mga oshib, 131,78 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

Qayd etish kerakki, O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi keyingi bir necha hafta mobaynida faqat ko‘tarilayotgandi.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi tusha boshladi