Foto: O‘zA
Pekinda Bosh vazir o‘rinbosari Elyor G‘aniyev, «O‘zdavkarantin» inspeksiyasi boshlig‘i Ibrohim Ergashev Xitoy Bojxona ma’muriyati boshlig‘i Ni Yufen bilan fitosanitar talablar asosida qator mahsulotlar eksportini amalga oshirish borasida muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda inspeksiya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Uchrashuvda tomonlar Xitoyga qovun eksportiga fitosanitariya ruxsatnomasini berish tartibini muhokama qildi. Xitoy tomoni inspeksiyadan olingan texnik ma’lumotlarga asosan zararkunanda xavfini tahlil qilish jarayoni yakunlanganini ta’kidladi. Xitoy davlati qonunchiligiga ko‘ra, mutaxassislar qovun dalalarini atroflicha tekshiruvdan o‘tkazadi. Yakunda tegishli hujjat imzolanib, ushbu mahsulotlar importiga ruxsat beriladi.
Bundan tashqari, 2019—2020 yillarga mo‘ljallangan idoralararo hamkorlik dasturi loyihasi ko‘rib chiqildi. Ikki yillik muddatni o‘z ichiga olgan mazkur hujjatda O‘zbekistondan Xitoyga qovun, anor, uzum, limon va boshqa mahsulotlar eksporti masalasi ko‘zda tutilgan. Ushbu loyiha hujjatlari joriy yilning may oyida xitoylik mutaxassislarning Toshkenga safari doirasida imzolanishi mumkin.
Uchrashuvda o‘simliklar karantini tizimida soha xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?