Kimdir QQS (qo‘shilgan qiymat solig‘i) imtiyoziga ega bo‘lsa, boshqasi uni qoplashi kerak. Shuning uchun, soliq imtiyozlarini maksimal darajada qisqartirish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilyapti, deya bayonot berdi Davlat soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev.
12 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi mutasaddilari ishtirokida «Qo‘shimcha qiymat solig‘i va boshqa yangi soliqlar implementatsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni va mohiyati» mavzusida brifing va jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘mita raisi birinchi o‘rinbosari QQS tizimi bo‘yicha imtiyozlarni tugatish haqida kelgusi rejalar haqida gapirdi.
«Bizning maqsadimiz — ijtimoiy mohiyatdagi, xususan dori-darmon, kitob va gazetalar faoliyati bo‘yicha QQS imtiyozini qoldirib, qolgan barcha sohalar bo‘yicha QQS imtiyozini bekor qilish ko‘zda tutilgan. Bu o‘zgarish 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi», — deydi Mirzayev.
Davlat soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosarining aytishicha, barcha tadbirkorlik sub’ektlari va korxona, tashkilotlar QQS tizimida qamrab olingach, soliq stavkasini qayta ko‘rib chiqish, uni o‘zgartirish va muvofiqlashtirish imkoniyatlari paydo bo‘ladi.
Mubin Mirzayev Kun.uz'ga bergan intervyusida soliq imtiyozlari bo‘yicha gapirib, ularni ham yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga kiritish masalasi turganini ma’lum qilgandi. Shunga qaramay, ayrim qaror va muddatli taqdim etilgan imtiyozlarni kodeksga kiritish imkoniyati yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Xose Venansio Lopes: "Maqsadimiz – Osiyo chempionligini qo‘lga kiritish"