16:30 / 17.06.2019
2 542

Jahon banki O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln dollar ajratadi

Jahon banki O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln dollar ajratadi
Jahon banki direktorlar kengashi O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln dollar ajratish qarorini ma’qulladi. Bu haqda bank matbuot relizida aytiladi.

Ushbu mablag‘ xususiy sektorni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish yo‘nalishidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xideki Morining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda mamlakat aholisi va xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan keng miqyosdagi islohotlar davom etmoqda.

Jahon banki tomonidan O‘zbekiston bo‘yicha 4 mingdan ortiq oila ishtirokida o‘tkazilgan ijtimoiy tadqiqot natijalariga ko‘ra, so‘rovnomada ishtirok etganlarning 95%i mamlakat kelajagini ijobiy baholagan.

Mazkur kreditni ajratishdan maqsad, hukumatning tashqi savdo va xorijiy investitsiya hajmini, moliya sektori samaradorligini oshirish va muhim institutsional islohotlarni amalga oshirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Shuningdek, ish o‘rinlari sonini oshirish, aholining kasbiy malakalarini rivojlantirish hamda davlat byudjetini shakllantirishda fuqarolarning ishtirokini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishda aholining nochor qatlamini mamlakat iqtisodiy tizimiga qamrab olishni ta’minlashda ko‘mak beriladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Jahon banki O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln dollar ajratadi