17:43 / 26.06.2019
2 697

Tahlil: eng ko‘p qarzdorlik qurilish korxonalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda

Tahlil: eng ko‘p qarzdorlik qurilish korxonalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda
Bugun mamlakatimizda qonuniy asosda tashkil etgan ishbilarmonning huquq va manfaatlari to‘liq davlat himoyasiga olingan. Tadbirkorlarning tashabbuslari har jabhada qo‘llab-quvvatlanayapti.

Ammo oramizda shunday insonlar borki, tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, foyda ko‘radi. Majburiyatlariga kelganda esa, «bir gap bo‘lar» qabilida ish tutmoqda. Natijada yirik soliq qarzdorliklari paydo bo‘lib, bundan davlat ham, jamiyat ham zarar ko‘rmoqda.

Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning soliq qarzini undirishga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, poytaxtimizda soliq qarzdorligini qisqartirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar davomida 1560 nafar yakka tartibdagi tadbirkorning 21 mlrd. so‘m, 3 ming 250 nafar fuqaroning 1,7 mlrd. so‘m soliq qarzi undirildi.

Tahlillarga ko‘ra, bugungi kunda eng ko‘p qarzdorlik qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida soliq qarzini undirish bo‘yicha joylarda o‘tkazilgan tadbirlar davomida 12 ming 765 ta qarzdor korxonaning 487,6 mlrd. so‘mdan ziyod soliq qarzi undirilgan bo‘lsa, shundan 174,8 mlrd. so‘mi aynan qurilish korxonalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Misol uchun, poytaxtimizning Chilonzor tumanida ro‘yxatdan o‘tgan «KO’PRIKQURILISHBUTLASH» korxonasi rahbarlarining loqaydligi sabab to‘planib qolgan 1,2 mlrd. so‘mlik soliq qarzi majburiy undiruvga qaratilib, sud qarori asosida undirildi.

Xuddi shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumanida ro‘yxatdan o‘tgan «Toshkent issiqlik markazi» davlat unitar korxonasining soliq va boshqa majburiy to‘lovlardan bo‘lgan qarzi oylar davomida to‘planib qoldi. Tuman davlat soliq inspeksiyasining bir necha bor ogohlantirishiga qaramay, soliq qarzdorligi bartaraf etilmadi. Pirovardida 3,2 mlrd.so‘mlik qarzdorlik korxonaning debitorlari hisobidan inkasso topshiriqnomasi asosida undirib olindi.

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Byudjetga to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar vatanimiz sarhadlarining mustahkamligiga, xalqimiz farovonligini oshirish va kuchli ijtimoiy himoyasini ta’minlashga sarflanadi.
Shunday ekan, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshiring!
Toshkent shahar DSB matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Tahlil: eng ko‘p qarzdorlik qurilish korxonalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda