11:54 / 24.07.2019
3 463

Ayrim turdagi mahsulotlarning aksiz solig‘i oshadi

Ayrim turdagi mahsulotlarning aksiz solig‘i oshadi
«Aksiz solig‘iga tortiladigan ayrim mahsulot turlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilishni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Farmonga ko‘ra:

-2019 yil 15 avgustdan siqilgan gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilishda aksiz solig‘i stavkasi 20 foizga;
-2019 yil 1 oktyabrdan alkogolli mahsulotning aksiz solig‘i stavkasi o‘rta hisobda 10 foizga, tamaki mahsulotining aksiz solig‘i stavkasi 20 foizga oshirildi.

Shuningdek, spirt va alkogolli mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga oid ilgari berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati 2020 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirildi.

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Ayrim turdagi mahsulotlarning aksiz solig‘i oshadi