15:36 / 25.07.2019
4 235

Jahon iqtisodiyotida dollar davri tugashi aytildi

Jahon iqtisodiyotida dollar davri tugashi aytildi
Yaqin kelajakda dollar jahon rezerv valyutasi maqomini yo‘qotishi mumkin, bu esa uning zaiflashishiga olib keladi. JP Morgan Chase investitsion banki analitigi Kreyg Koen ana shunday fikrni aytdi.

Dollarning o‘z maqomini yo‘qotishiga jahondagi iqtisodiy o‘sishning Osiyoga ko‘chgani sabab bo‘ladi.
«Xitoy muntazam o‘sish va ichki islohotlar tufayli bu iqtisodiy siljishning markazida turibdi», — dedi Koen.

Jahondagi yetakchi valyutalarning almashib turishi tabiiy jarayondir. Ikkinchi jahon urushiga qadar Britaniya funti rezerv valyuta hisoblangan, deya ta’kidladi Koen.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp dollarni zaiflashtirishni o‘ylagandi. Valyutaning arzonlashishi Amerika iqtisodiyoti rivojlanishiga turtki berishi mumkin. Ammo bu dollarning jahon rezerv valyutasi maqomini xavf ostiga qo‘yishi ham mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Jahon iqtisodiyotida dollar davri tugashi aytildi