Oʻzbekistonda tijorat banklari chet el valyutasini sotib olish kursini keskin koʻtardi.
Xususan, “Asakabank”da dollarni sotib olish narxi 8840 soʻm, sotish narxi 8900 soʻmni tashkil etmoqda. “Aloqabank” valyuta ayirboshlash punktlarida dollarni sotib olish narxi 8840 soʻm, sotish esa 8880 soʻmga teng.
“Hamkorbank”da dollarni sotib olish narxi 8840 soʻm, sotish - 8900 soʻm.
“Kapitalbank” rasmiy veb-saytida dollarni sotib olish narxi 8740 soʻm, sotish narxi 8800 soʻm ekani koʻrsatilgan. Shu bilan birga, ushbu bankning mobil ilovasida bir dollarni 8900 soʻmga sotib olish mumkinligi koʻrsatilgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 6-avgustdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 38,16 soʻmga koʻtarilgan va 1 dollar 8704,87 soʻmga yetgan. Bu ilk bor rasmiy kurs 8700 soʻmlik nuqtadan oshishi boʻldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?