08:39 / 12.09.2019
3 024

O‘zbekistonda «o‘rta biznes» toifasi joriy etiladi

O‘zbekistonda «o‘rta biznes» toifasi joriy etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 11 sentyabr kuni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda davlat byudjetiga kafolatlangan tushumlarni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Prezident matbuot xizmatining qayd etishicha, ko‘plab chet mamlakatlarda biznes sub’ektlari uchta toifaga — kichik, o‘rta va yirik — bo‘lingan va davlat tomonidan har bir toifaga nisbatan alohida qo‘llab-quvvatlash siyosati olib boriladi. Lekin O‘zbekistonda iqtisodiyot rivojida alohida rol o‘ynaydigan «o‘rta biznes» tushunchasi umuman yo‘q.

Shuni hisobga olib, videoselektorda Vazirlar Mahkamasi va tegishli vazirliklarga o‘rta biznes toifasini joriy etish, kichik, o‘rta, yirik biznes mezonlarini qayta ko‘rib chiqish, ularni alohida mexanizmlar asosida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha uch oy muddatda aniq takliflarni ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda «o‘rta biznes» toifasi joriy etiladi