15:15 / 17.09.2019
3 124

Jahon bozorida neft narxining keskin ko‘tarilishi O‘zbekistonga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Jahon bozorida neft narxining keskin ko‘tarilishi O‘zbekistonga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Foto: «Lentachel»
Neft narxining oshishi O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki qo‘shni mamlakatlar orqali ta’sir ko‘rsatadi. Spot nashri ushbu jarayonni tahlil qildi.

Saudiya Arabistoni Saudi Aramco’ning neft ob’ektlariga dronlar orqali uyushtirilgan hujum sabab «qora oltin» qazib chiqarishni kamaytirishi natijasida Londondagi ICE birjasidagi ochiq savdolarda neftning narxi keskin oshdi.

AQSh dollarida hisoblansa, savdolar boshlanganidan bir soniya o‘tgach, Brent markasidagi neft narxi juma kungi ko‘rsatkich bilan taqqoslaganda deyarli 12 dollar miqdorida oshdi va bu neft fyucherslari tarixidagi (faoliyat 1988 yilda yo‘lga qo‘yilgan) eng yuqori o‘sish bo‘ldi. Foizda olganda esa bu 1991 yildan beri kuzatilgan rekord ko‘rsatkich.

15 sentyabrda tahlilchi va treyderlar Reuters’ga 16 sentyabr, dushanba kuni ochiq savdolar boshlanganida neft narxi barrel uchun 5−10 AQSh dollarigacha ko‘tarilishini taxmin qilgandi. Ularning faraziga ko‘ra, Saudiya Arabistoni neft yetkazib berishni tezda qayta tiklay olmasa, uzoq kelajakda neft narxi barrel uchun 100 AQSh dollarigacha ko‘tarilishi mumkin.

Ar-Riyod Saudi Aramco kompaniyasining ikki katta neft konida yong‘in sodir bo‘lgach, ishlab chiqarishni qisqartirishga qaror qildi. Yong‘inlarga esa dronlar hujumi sabab bo‘lgan. Hujumlar Saudiya Arabistoni markaziy qismidagi Abkaik va Xurays konlariga 14 sentyabr kuni tongda uyushtirilgandi.

Saudi Aramco prezidenti va bosh direktori Amin Hassan an-Nasr kompaniya neft qazib olishni sutkasiga 5,7 million barrelga qisqartirganini ma’lum qildi. Manbalarning qayd etishicha, bu qazib olinadigan neft sutkalik hajmining yarmiga teng.

Bu O‘zbekiston uchun nimani anglatadi?
Spot muloqot qilgan ekspertlar neftning jahon bozoridagi qimmatlashuvi O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki qo‘shni mamlakatlar — asosiy savdo hamkorlari orqali bilvosita ta’sir ko‘rsatishini bildirdi. Bunda bir qancha omillar aniq prognozlar qilishni qiyinlashtiradi.

Shunga qaramay, O‘zbekistonning eng asosiy savdo hamkori va mehnat migrantlari soni bo‘yicha yetakchi Rossiya neftning jahon bozoridagi narxiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanib qolgan.

Narxlarning oshishi Rossiya rublining mustahkamlanishiga olib keladi deb faraz qilsak, bu nazariy jihatdan so‘mning real almashinuv kursini zaiflashtiradi. Natijada mahalliy eksportchilarning mahsulotlari narxi Rossiya bozorida arzonlashadi va ularning valyuta tushumini oshiradi.

Bundan tashqari, ichki bozorda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tovarlari narxi xorij mahsulotlari bilan solishtirganda yanada raqobatbardosh bo‘lishi mumkin. Bu esa xorijdan import qisqarishiga va xorijiy valyutaga qo‘shimcha talab paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi mumkin.

Mamlakatga kelayotgan valyuta oqimining asosiy manbai bo‘lgan mehnat migrantlari masalasiga kelsak, Rossiya rublining AQSh dollariga nisbatan mustahkamlanishi O‘zbekistondagi ko‘plab oilalar daromadiga bog‘liq bo‘lgan pul o‘tkazmalari hajmining ortishiga olib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Jahon bozorida neft narxining keskin ko‘tarilishi O‘zbekistonga qanday ta’sir ko‘rsatadi?