14:15 / 25.09.2019
2 494

O‘tgan 9 oyda 292 milliard so‘mlik soliq qarzdorligi undirildi

O‘tgan 9 oyda 292 milliard so‘mlik soliq qarzdorligi undirildi
Bugun mamlakatimizda tadbirkorlik sub’ektlarini huquqiy himoya qilish, ularning erkin faoliyat yuritishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishda tizimli ishlar amalga oshirilgan. Biroq, yaratilayotgan sharoitlarga qaramasdan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni paysalga solayotgan tadbirkorlik sub’ektlari ham yo‘q emas. Buning oqibatida esa boqimanda qarzdorlik yuzaga kelmoqda.

Bu kabi salbiy holatlarga chek qo‘yish maqsadida Toshkent viloyati davlat soliq xizmati organlari hamda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida milliardlab soliq qarzdorliklari davlat byudjetiga undirilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, joriy yilning o‘tgan davrida hamkorlikda olib borilgan tadbirlar jarayonida 5 ming ta tadbirkorlik sub’ektlarining soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamasdan, faoliyat yuritayotgani aniqlanib, 292 milliard so‘mlik soliq qarzlari davlat foydasiga undirildi.

Achinarlisi, tadbirkorlar orasida belgilangan normalarga rioya qilmasdan, o‘z manfaatini davlat manfaatidan ustun qo‘yib, yirik soliq qarzdorligining kelib chiqishiga sababchi bo‘layotganlarning ham mavjudligi kishi dilini xijil qiladi.

Xususan, Zangiota tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan “Metal enjineering group” MChJning Zangiota tumanlar aro iqtisodiy sudi ijro xujjatiga asosan, jamiyatga tegishli mol-mulklar xatlanib, saqlash uchun maxsus do‘konga topshirilgan bo‘lsa, qarzdorligi mavjud bo‘lgan tashkilotga tegishli avtotransport vositalari jarima maydoniga qo‘yildi.

Shuningdek, Yuqorichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 2019 yil 4 sentyabrdagi ijro varaqasiga asosan Yuqorichirchiq tumanida ro‘yxatdan o‘tgan Yuqorichirchiq tumani Tinchlik QFY Birlik MFYda joylashgan “EXSAN MAYBOD MANUFACTURING GROUP” qo‘shma korxonasining byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar oldidagi 165 327 477 so‘mlik qarzdorligi bo‘yicha xatlov tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida korxonaga tegishli 2 707 145 289 so‘mlik mahsulot xatlanib vaqtinchalik saqlash joyida qoldirildi.
Bugungi kunda viloyat bo‘yicha soliq qarzini qarzdorning molmulki hisobidan undirish to‘g‘risidagi Iqtisodiy va Fuqarolik sudlarining ijro xujjatlari asosida 144,0 mlrd.so‘m majburiy ijro byurolarida qoldiq ijro xujjatlar mavjud.

Birgina sentyabr oyi davomida ijro hujjatlar asosida 1,4 mlrd.so‘m soliq qarzi undirib olingan bo‘lsa, 374 ta ijro xujjatlar bo‘yicha 4,1 mlrd.so‘mlik mol-mulklar avtotransport vositalari majburiy ijro byurosi xodimlari bilan hamkorlikda xatlanib, saqlash uchun jarima maydoni va maxsus do‘konlarga topshirildi. Hozirda mazkur mol-mulklarni sotish choralari ko‘rilmoqda.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan to‘lanmagan soliqlarni majburiy tartibda undirish ishlari davom ettirilmoqda.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘tgan 9 oyda 292 milliard so‘mlik soliq qarzdorligi undirildi