16:18 / 25.09.2019
3 051

Soliqlar o‘z vaqtida to‘lanishi kerak

Soliqlar o‘z vaqtida to‘lanishi kerak
Ma’lumki, jismoniy shaxslarga hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari jismoniy shaxslar tomonidan soliq davri uchun hisobot yilining 15 oktyabriga qadar to‘lanishi kerak. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hamda ulardan olinadigan yer solig‘ini o‘z vaqtida to‘lashlari uchun Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlari, tijorat banklari, tuman va shahar pochta aloqa xizmati hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda joylarda turli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Birgina Bo‘stonliq tumani DSI misolida oladigan bo‘lsak, inspeksiya xodimlari tomonidan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 272- va 287-moddalariga asosan egaligida soliq solinadigan mol-mulki va yer uchastkalari bo‘lgan jismoniy shaxslar hamda dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari to‘lovchilari hisoblanishi keng tushuntirilmoqda. Bukletlar tarqatilib, aholi gavjum joylarda plokatlar ilindi, seminalar va davra suhbatlari muntazam tashkil etilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Bo‘stonliq tumanida jami mahalliy soliq to‘lovchilar soni 36510 nafarni tashkil qilib ularga 8 356 mln.so‘m mahalliy soliqlar hisoblangan. Shundan joriy yilda 7 491 mln.so‘m mahalliy soliqlar undirib olindi. Ushbu ko‘rsatgich o‘tgan yilning mos davriga 6551 mln.so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan 940 mln.so‘m ko‘proq maxalliy soliqlar undirib olishga erishildi. Bu albatta o‘z vaqtida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarining natijasidir.

Shuningdek, tumanda aholi bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq to‘lovlariga Soliq kodeksining 120-moddasiga asosan 2019 yil 1 yanvardan boshlab soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatlarini buzganlik uchun undiriladigan penya miqdori 0,033 foizdan 0,045 foizga oshirilganini ham alohida tushuntirib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tish joizki, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari va fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni bankka bormasdan «CLICK», «U-PAY», «MBANK» va «PayMe» to‘lov tizimlari yordamida mobil telefon yoki internet orqali onlayn rejimda to‘lash imkoniyati yaratilgan.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Soliqlar o‘z vaqtida to‘lanishi kerak