10:30 / 30.09.2019
3 220

O‘zbekistonda ilk bor organik paxta yetishtirildi

O‘zbekistonda ilk bor organik paxta yetishtirildi
Foto: «O‘zA»
O‘zbekistonda birinchi marotaba organik paxta yetishtirildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati xabar berdi, deb yozadi O‘zA.

Ma’lum qilinishicha, organik paxta Chinoz klasterining Textile technologiyes group MChJ XK tomonidan ishlab chiqilgan. Ekologik toza mahsulot hisoblangan organik paxtani jahon va Yevropa bozorlariga eksport qilish rejalashtirilgan.

Bolgariyadan tashrif buyurgan Control union tashkiloti inspektor-auditori Yekaterina Tomeva mahsulotning sifat darajasini ko‘zdan kechirib, unga yuqori baho berdi va mahsulotdan nafaqat oliy navli tola, balki chigitidan ekologik toza paxta yog‘i olinishi mumkinligini ham qayd etgan.

Yekaterina Tomeva yetishtirilgan organik paxta sifat darajasi bo‘yicha bozordagi narxi bir yarim barobar qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lishini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda ilk bor organik paxta yetishtirildi