Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilinmoqda. Unda belgilangan har bir norma atroflicha muhokama etilib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirilmoqda.
Mazkur qonun loyihasi bilan respublika byudjeti Oliy Majlis tomonidan, mahalliy byudjetlar esa, joylardagi mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilinadi. Qolaversa, xarajatlar sohalar bo‘yicha emas, vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlanadi.
Deputatlar ta’kidlaganidek, hayotga joriy etilayotgan yangi amaliyotning yana bir o‘ziga xos jihati – markazlashgan byudjet siyosatidan bosqichma-bosqich voz kechishdir. Masalan, mahalliy byudjetlar daromadini mustahkamlash maqsadida avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari mahalliy byudjetga o‘tkazilmoqda. Alkogol mahsulotlari va mobil aloqa xizmatini ko‘rsatish uchun aksiz solig‘i tushumlari aholi sonidan kelib chiqib, hududlar o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Qo‘shimcha qiymat solig‘i va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha prognozdan orttirib bajarilgan qismi to‘liq hududlarda qoldiriladi.
Ta’kidlash joiz, bugungi kunga qadar mahalliy hokimliklar o‘z byudjetini qabul qilishda xech qanday vakolatga ega emas edi. Qaysi bir tashkilotga ajratilayotgan mablag‘lar yetishmasligini yoki ortiqcha ekanligini bilsa ham uni o‘zgartish imkoni yo‘q edi.
Taklif etilayotgan qonun loyihasida mahalliy byudjetlarning daromadlarini soliq turlari bo‘yicha hamda xarajatlarini byudjet tashkilotlari kesimida o‘zlari belgilashi o‘z aksini topgan. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari o‘zlariga tegishli bo‘lgan byudjetni qabul qilishdagi haqiqiy mustaqilligi ta’minlanadi. Bu, albatta, har bir davlat organining vakolatini kengaytirish bilan birga, mas’uliyatini ham oshiradi.
Parlament quyi palatasida qonun loyihasi takomillashtirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi