17:02 / 18.11.2019
3 565

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki Oʻzbekistonga 500 mln dollar qarz ajratadi

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki Oʻzbekistonga 500 mln dollar qarz ajratadi
2019-yil 19-iyulda davlat hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida yarim milliard AQSH dollari miqdoridagi Qarz bitimi imzolangan.

Normaʻning yozishicha, qarzni soʻndirish muddati 5 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda – 30 yil. Ajratiladigan qarz Jahon banki ishtirokida “Oʻzbekistonda bozor islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish doirasida respublika byudjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.

Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, XTTB tomonidan ajratiladigan qarzdan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan masʼul hisoblanadi. Markaziy bank, Davlat statistika qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi loyihani amalga oshirish agentlari hisoblanadi.

Qarzni soʻndirish, foizlar, komissiyalar va boshqa toʻlovlar Oʻzbekiston respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjat 14.11.2019-yildan kuchga kirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki Oʻzbekistonga 500 mln dollar qarz ajratadi