08:45 / 28.12.2019
4 339

Jismoniy shaxslar mol-mulkiga chegara belgilanganmi?

Jismoniy shaxslar mol-mulkiga chegara belgilanganmi?
Ko‘plab murojaatlarda jismoniy shaxslarning mol-mulkida chegara belgilangan yoki belgilanmaganligi haqida so‘rashadi, deb yozmoqda Soliq plus.

Mol-mulkning oshib borishi bilan soliq miqdori qay darajada o‘zgaradi? Bu ko‘pchilikni qiziqtiradi. Davlat soliq qo‘mitasi Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Navro‘z G‘aniyev nashrga ushbu masala yuzasidan izoh berdi.

– Jismoniy shaxslar egaligidagi ko‘chmas mulk ob’ektlariga hisoblanadigan mol-mulk solig‘i hamda umumiy tushunchalar haqida ma’lumot berib o‘taman.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining tegishli moddalariga asosan mulkida soliq solinadigan mol-mulki bo‘lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to‘lovchilaridir.

O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar soliq solish ob’ektidir.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish ob’ektlarining kadastr qiymati to‘lovchilar uchun soliq solinadigan bazadir.

Jismoniy shaxslar soliq solish ob’ektlaridan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanganda yoxud bu ob’ektlar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan yashash uchun mo‘ljallanmagan binolar yuridik shaxslar uchun belgilangan stavkalarda soliqqa tortiladi.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi mol-mulkning 1 yanvarga bo‘lgan holatiga ko‘ra kadastr qiymatidan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-sonli qarorining 15-ilovasiga asosan quyidagi stavkalar asosida soliqqa tortiladi.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish maqsadida mol-mulkning kadastr qiymati kadastr hujjatlaridan kelib chiqib belgilanadi, biroq 42 000 ming so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholovchi organlar belgilagan kadastr qiymati bo‘lmasa, soliq undirish uchun Toshkent va Nukus shaharlari, shuningdek viloyat markazlarida 210 000 ming so‘m, boshqa shaharlar va qishloq joylarda 90 000 ming so‘m miqdorida mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinadi.

2019 yilda hisoblangan jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi 2018 yilda hisoblangan soliq summasidan 1,3 baravardan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasi davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to‘lovchilarga imzo qo‘yilgan holda yoki to‘lov xabarnomasi olinganligini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi.

Mol-mulk solig‘ining to‘lov muddati hisobot yilining 15 oktabriga qadar etib belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Jismoniy shaxslar mol-mulkiga chegara belgilanganmi?