14:12 / 07.01.2020
3 239

Oltin va palladiy narxi keskin oshishni boshladi

Oltin va palladiy narxi keskin oshishni boshladi
Foto: «Bloomberg»
Yaqin bir necha kun ichida global bozorda qimmatbaho metallar narxlari keskin oshib ketdi. Bu haqda «Bloomberg» xabar bermoqda.

Oltinning narxi bir necha kun davomida ulgurji savdoda 2,3 foizga oshib, 2013 yil aprelidagi rekordni yangilagandi, 6 yanvarga kelib bir unsiyasi eng maksimal — 1588,13 dollarga chiqdi.
Palladiy narxi ham kecha, 6 yanvar kuni tarixiy rekordni yangiladi: 1 unsiyasi — 2030,28 dollar.

Tahlilchilar qimmatbaho metallar narxlari jadal sur’atlarda oshib borayotganini eronlik general Qosim Sulaymoniy hamda uning iroqlik hamkasbi, shialar qo‘mondoni Abu Mahdi al-Muhandisning o‘ldirilishi ortidan Yaqin Sharqda yuzaga kelgan keskin siyosiy vaziyat bilan bog‘lashmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oltin va palladiy narxi keskin oshishni boshladi