06:30 / 09.01.2020
3 011

O‘zbekiston soliq tizimida 1 yanvardan boshlab 120 dan ortiq yangi qoida amaliyotga kiritildi

O‘zbekiston soliq tizimida 1 yanvardan boshlab 120 dan ortiq yangi qoida amaliyotga kiritildi
Foto: Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 8 yanvar kuni Davlat budjeti parametrlarini ijro etish va hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha joriy yilgi ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida muhim masalalardan biri — yangi Soliq kodeksini hayotga to‘liq tatbiq etish masalasi ham atroflicha muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili soliq tizimidagi o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlarga chuqur tushuntirish bo‘yicha Ishchi guruh tuzilgan edi. Uning hududiy tuzilmalari tomonidan bu borada manzilli ishlar olib borildi.

Joriy yil 1 yanvardan mamlakat soliq tizimida 120 dan ortiq yangi qoida amaliyotga kiritildi. Bu qoidalar to‘g‘ri qo‘llanishi, aholining huquq va manfaatlari ta’minlanishi uchun o‘zgarishlardan barcha xabardor bo‘lishi kerak.

Shu bois viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari boshchiligida iqtisodiy kompleks idoralari xodimlari va tadbirkorlarni o‘qitishni tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

Kodeksning mazmun-mohiyatini anglagan holdagina uning sifatli ijrosini ta’minlashga imkon bo‘ladi. Undan tashqari, hujjatda ko‘zda tutilgan qoidalarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida barcha tumanlarda davra suhbatlari, seminarlar va boshqa targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish muhimligi qayd etildi. Ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot bo‘yicha media reja ishlab chiqib, birinchi chorak davomida barchaga yetkazish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Yangi kodeksda soliq organlariga ham ko‘plab vazifalar yuklatilgan. Ularni sifatli amalga oshirish uchun soliq xodimlari bilim va saviyasini keskin oshirishi, tadbirkorlarga munosabatini tubdan o‘zgartirishi zarurligi ta’kidlandi.

Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsmanga xalqaro tajriba asosida, tadbirkorlar bilan muhokama qilgan holda soliq tekshiruvlari o‘tkazish tartibini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston soliq tizimida 1 yanvardan boshlab 120 dan ortiq yangi qoida amaliyotga kiritildi