2019 yil boshidan buyon O‘zbekistonning davlat qarzi 4,5 milliard dollarga yoki 30,9 foizga oshdi.
Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzi bo‘yicha yangilangan statistikani e’lon qildi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yil 1 oktabr holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi hukumati nomidan yoki uning kafilligi ostida olingan qarzlar miqdori 19,2 milliard dollarni yoki yalpi ichki mahsulotning 33,6 foizini tashkil etdi.
Birinchi o‘rinni hali ham Xitoy egallab turibdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yil 1 oktabr holatiga ko‘ra, ushbu davlat qarzi miqdori 2,8 milliard dollarni tashkil etgan. Bu mablag‘lar O‘zbekiston hukumatining to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarzi emas, asosan Xitoy Davlat taraqqiyot banki va Xitoyning Eksport-import banki kreditlarini aks ettiradi.
Ikkinchi o‘rinda Yaponiya (1,8 milliard dollar), uchinchi pog‘onada Janubiy Koreya (560 million dollar). Fransiya to‘rtinchi (345,8 million dollar), Germaniya beshinchi (286,5 million dollar), Rossiya oltinchi (150,6 million dollar), Saudiya Arabistoni yettinchi (122,1 million dollar). Boshqa mamlakatlar hissasiga (111,8 million dollar) to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi