20:30 / 15.01.2020
3 617

Jahon banki: 2020 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti...

Jahon banki: 2020 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti...
Jahon banki tomonidan berilgan ma’lumotga qaraganda, 2020 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti yuqori sur’atlarda barqaror o‘sishi kutilmoqda. Bu haqda "O‘zbekoziqovqatxolding" xabar berdi.

Xususan, O‘zbekiston iqtisodiyotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida deyarli eng yuqori sur’atlarda – joriy yilda 5,7 foiz va 2021-2022 yillarda esa 6 foizda o‘sishi tahmin qilinmoqda.

Ushbu prognozlar Jahon bankining dunyo mamlakatlari iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan joriy yil yanvar oyidagi hisobotida keltirilgan (“Global Economic Prospects: Slow Growth, Policy Challenges”, January 2020).

Jahon banki prognozlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti tarkibiy islohotlarni amalga oshirish natijasida yuqori sur’atlarda barqaror o‘sib boradi.

Mazkur bankning 2019 yil iyun oyida e’lon qilingan prognozlari bilan taqqoslaganda, mintaqa bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich va shuningdek, mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotining o‘sishi prognozi qayta ko‘rib chiqilgan.

Xususan, O‘zbekiston va Qozog‘iston bo‘yicha bu ko‘rsatkichlar ko‘tarilgan, Qirg‘iziston va Tojikiston bo‘yicha – pasaygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Jahon banki: 2020 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti...