19:45 / 24.01.2020
3 522

O‘zbekiston banklarida keng ko‘lamli transformatsiya boshlanadi

O‘zbekiston banklarida keng ko‘lamli transformatsiya boshlanadi
2020 yildan boshlab, O‘zbekistondagi har bir bankda keng ko‘lamli transformatsiya dasturi amalga oshiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida aytib o‘tdi.
«Afsuski, bank tizimi raqamli texnologiyalarni qo‘llash, yangi bank mahsulotlarini joriy etish va dasturiy ta’minotlar bo‘yicha zamon talablaridan, 10-15 yil orqada qolmoqda», – dedi davlat rahbari.

Ta’kidlanishicha, bank tizimida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaydigan «loyihalar fabrikasi» faoliyatini yo‘lga qo‘yish kerak.
2019 yilda «Sanoatqurilishbank» bilan bo‘lgani kabi, 2020 yilda Milliy bank va Ipoteka-bank o‘z yevrobondlarini chiqarishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, davlat ulushiga ega bo‘lgan banklar bosqichma-bosqich strategik investorlarga sotiladi. «Mana shuni hamma bilishi kerak. Sotmasak, rivojlanish bo‘lmaydi. Investor bo‘lmasa, rivojlanish bo‘lmaydi. Halol-pok, eng rivojlangan davlatlardan bank sohasi bo‘yicha investorlarni olib kelamiz», – dedi prezident.

«Bank sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi – tijorat banklarini «mijoz uchun ishlash»ga o‘rgatishdan iboratdir.
Soha uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash maqsadida, Bank-moliya akademiyasi xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda to‘liq qayta tashkil etiladi.

Shuningdek, davlat banklarida zamonaviy bank amaliyoti, menejmenti va xizmatlarini joriy qilish uchun rahbarlik lavozimlariga xorijiy yetakchi moliya institutlarining malakali mutaxassislarni jalb etish boshlandi va bu jarayon izchil davom etadi.

Banklarda axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish orqali, ularning dasturiy ta’minotlarini tubdan yangilash lozim.
Shu yil 1 iyulga qadar «kredit tarixi» axborot tizimini to‘liq ishga tushirish zarur.

Aholida bank tizimiga nisbatan ishonchni shakllantirish va banklar faoliyatiga chetdan aralashishga chek qo‘yish kerak
», – deya qayd etdi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston banklarida keng ko‘lamli transformatsiya boshlanadi