18:24 / 10.02.2020
3 270

O‘zbekistonda oltin va kumush yombilar sotadigan “bankomat”lar paydo bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda oltin va kumush yombilar sotadigan “bankomat”lar paydo bo‘lishi mumkin
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 1, 3 va 5 grammli oltin va hamda kumush yombilarini ishlab chiqarish hamda maxsus apparatlarda sotishni yo‘l qo‘yishni taklif qilyapti.

Agar qaror kuchga kirsa, joriy yilning 1 iyulidan Toshkent shahri, Xorazm, Samarqand, Buxoro va Toshkent viloyatlarida, 2021 yilning 1 yanvaridan boshqa hududlarida ham yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zbekistonda qimmatbaho metallardan yasalgan yombilar savdosi haqida birinchi marta gapirilmayapti.
2018 yilda prezident tomonidan imzolangan qarorga binoan Navoiyda oltin va kumushdan tayyorlangan yombilarni ishlab chiqaradigan zavod qurilishi va xususiy kompaniyalarga uni sotish huquqi berilgan edi.

O‘shanda turizm qo‘mitasi bu qaror mamlakatimizning sayyohlik jozibadorligini oshirishi ta’kidlagan edi.

“Xitoy va hindistonlik sayyohlarda sayohat davomida oltin va kumush yombilarni sotib olish an’anaga aylangan. Shu sababli qimmatbaho metallar bozorini rivojlantiradigan oltin yombilarni sotish O‘zbekistonni sayyohlar uchun jozibali mamlakatga aylantiradi”, — deyilgan edi qo‘mitaning o‘sha paytdagi xabarida.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda oltin va kumush yombilar sotadigan “bankomat”lar paydo bo‘lishi mumkin