12:26 / 18.02.2020
4 550

1 apreldan bir qancha soliq imtiyozlari bekor qilinadi

1 apreldan bir qancha soliq imtiyozlari bekor qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida soliq siyosatini takomillashtirish mavzusida ma’lumotlar berildi.

Matbuot anjumanida yangi tahrirdagi Soliq kodeksidagi me’yor va imtiyozlar haqida ham so‘z bordi. Unga muvofiq, Soliq kodeksining eski tahririda nazarda tutilgan imtiyozlar 2020 yilning 1 aprelidan boshlab bekor qilinishi belgilangan.

Bunda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim, tibbiyot, madaniyat, maishiy xizmat bo‘yicha soliq imtiyozlari saqlanib qolindi.

Iqtisodiyotning muhim tarmoqlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar kuchini yo‘qotmaydi.

Shuningdek, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi bilan soliq imtiyozlari berishning yangi prinsipi joriy etildi.

Soliq kodeksining 75-moddasiga asosan ayrim soliqlar bo‘yicha soliq imtiyozlari (QQS, aksiz solig‘i va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdan tashqari) Prezident qarori bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin ko‘pi bilan 50 foizga kamaytirish va uch yil muddatga berilishi mumkinligi belgilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 1 apreldan bir qancha soliq imtiyozlari bekor qilinadi