2 683
O‘zbekiston va Qozog‘iston Urganchdagi forumda qiymati yarim milliard dollarlik kelishuvlarga erishdi
Xorazm viloyati Urganch shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida «Agrosanoat kooperatsiyasi, sanoat va turizm sohasida hududiy biznesning hamkorligi» mavzusida ikkinchi hududlararo forum bo‘lib o‘tmoqda.
Kun.uz nashri xabar berishicha, bugun, 26 fevral kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh vazirlari Abdulla Aripov hamda Asqar Mamin uchrashdi. Hukumat rahbarlarining tor doirada muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
«Bizning asosiy maqsadimiz - savdo aylanmasini 5 mlrd dollarga yetkazish. Bu raqamni yaqin istiqbolda 10 mlrd dollargacha oshirish rejalashtirilgan. Mahalliy mahsulotlarni har ikki davlat bozoriga to‘siqsiz yetkazib berish uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bugun mamlakatimizda Qozog‘iston kapitali ishtirokida 827ta korxona ishlamoqda, faqatgina o‘tgan yilning o‘zida 300dan ortiq yangi korxonalar tashkil etildi.
O‘tkazilayotgan forum hududlarning o‘zaro aloqasi, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta’lim sohalaridagi loyihalarga erishish uchun o‘ziga xos maydonchaga aylandi. Shuningdek, hududlar o‘rtasida madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyatga ega. O‘tgan yili viloyatlar o‘rtasida aloqalar faollashdi, 12ta o‘zaro tashrif amalga oshirildi, natijada hududlar o‘rtasida savdo hajmi 40 foizga oshdi.
Forum doirasida umumiy qiymati qariyb yarim milliard dollar bo‘lgan 30dan ortiq kelishuvga erishildi. Hozirgi forum natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, hududlarimiz noyob imkoniyatlar va amalga oshirilmagan ulkan salohiyatga ega», - dedi O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov.
Eslatib o‘tamiz, forum O‘zbekiston – Qozog‘iston o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik, strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, hududlarning sanoat salohiyati va imkoniyatlari to‘g‘risida o‘zaro ma’lumot almashish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilish va istiqbolli yo‘nalishlarni belgilab olish maqsadida tashkil etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?