17:12 / 09.03.2020
2 949

Toshkent shahrida raqamli bank tashkil etishga ruxsatnoma berildi

Toshkent shahrida raqamli bank tashkil etishga ruxsatnoma berildi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Bank nazorati qo‘mitasi 2020 yil 9 martda Toshkent shahrida raqamli bank — «ANOR BANK» aksiyadorlik jamiyatini tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnoma berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, dastlabki ruxsatnoma olti oy muddatga beriladi. Ushbu davr mobaynida muassis tomonidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun tegishli tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshirilishi va bank ustav kapitali shakllantirilishi lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Toshkent shahrida raqamli bank tashkil etishga ruxsatnoma berildi