11:41 / 16.03.2020
4 258

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi oshishni boshladi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi oshishni boshladi
Markaziy bank 10 martdan valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra dollarning rasmiy kursi 19,80 so‘mga oshib, bir dollar 9520,34 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 149,02 so‘mga tushib, 10 572,34 so‘mga teng bo‘ldi.
O‘z navbatida rubl kursi 8,69 so‘mga arzonlashgan va 1 rubl 130,22 so‘mga teng bo‘lgan.

Qayd etish kerakki, bungacha O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket olti hafta davomida pasaygandi. O‘tgan haftada ham rasmiy kurs 13,30 so‘mga tushib, bir dollar 9500,54 so‘mni tashkil qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi oshishni boshladi