23:05 / 17.03.2020
4 625

Koronavirusning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hisoblab chiqilmoqda

Koronavirusning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hisoblab chiqilmoqda
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya deya e’tirof etilgan koronavirusning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri, kutilayotgan zarar ko‘lami hisoblab chiqilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 15 mart kuni Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“[Koronavirusning iqtisodiyotga ta’siri] hozir hisoblanyapti. Ayni paytda hech qaysi davlat zarar miqdorini aniq aytolmaydi. Amerika ham, Yevropa ham, boshqasi ham aytolmaydi. Chunki [pandemiya] qancha davom etishini hech kim bilmaydi. Lekin yana bir marta qaytarib aytaman, moliyaviy zaxira bo‘yicha o‘zini hurmat qiladigan har bir davlat budjetida favqulodda holat uchun maxsus mablag‘ zaxiralanadi. Bizda ham xuddi shunday mablag‘ zaxiralangan. Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligini jalb qilgan holda turli ssenariylar bo‘yicha [hisob-kitob] tayyorlanmoqda”.

Moliya vaziri Timur Ishmetovning ta’kidlashicha, koronavirusning keng yoyilishi oqibatida O‘zbekiston iqtisodiyoti qancha zarar ko‘rishiga doir raqamlarni aytishga hali erta.

“Albatta, [pandemiyaning] ta’siri bo‘lishi ehtimoli katta. Bu bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi. Buni aniq raqamlar bilan aytishga hali vaqtli. Lekin har bir davlatning o‘ziga yarasha salohiyatli budjeti bor. Qandaydir ta’sir bo‘lsa, uni hukumat darajasida ko‘rib, nimanidir qisqartirib, xarajatni boshqa yo‘nalishlarga yo‘naltirish – amalga oshirsa bo‘ladigan narsa. Bunday holatlarda albatta [shunday] qilinadi”, - dedi Ishmetov.

Moliya vaziri OAV vakillaridan bunday vaziyatda iqtisodiy masalalar yuzasidan asossiz hisob-kitoblarni e’lon qilish, rasmiy idoralarda ishlamaydigan kishilarning “o‘zicha” qilgan hisob-kitoblarini odamlarga tarqatib, ularni qo‘rqitmaslikni so‘radi. Vazir bu biznes sohasi vakillarini vahimaga solib, narxlarning sun’iy oshirilishiga sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Koronavirusning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hisoblab chiqilmoqda