O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasini moliyalashtirishni ta’minlash maqsadida 2020 yilda budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va boshqa manbalar hisobidan 1 mlrd AQSH dollari miqdorigacha tashqi qarz mablag‘larini, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari, eksport qiluvchilar va tijorat banklarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish choralarini ko‘radi;
ikki hafta muddatda soliq va bojxona ma’murchiligini takomillashtirish orqali ishga solinmagan zaxiralarni izlab topish, hisoblangan soliqlar to‘liq to‘lanishini ta’minlash, “yashirin” iqtisodiyotni qisqartirish hamda soliq va bojxona ma’murchiligining yangi samarali shakllarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har oyda kompleks chora-tadbirlar ijrosi hamda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?