11:05 / 26.03.2020
3 675

Soliq kodeksiga o‘zgartish kiritiladi

Soliq kodeksiga o‘zgartish kiritiladi
Foto: Norma.uz
“O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi e’lon qilindi.

U O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-599-son Qonuniga asosan ishlab chiqilgan.

Bildirilishicha, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-599-son Qonuniga asosan, 2020 va 2021 yillar davomida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining amaliy ta’siri va samaradorligi doimiy ravishda hamda har tomonlama monitoring va tahlil qilinishini ta’minlash belgilangan.

Xayriya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlar ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, asosan aholining muhtoj qatlamiga, shuningdek, kam ta’minlangan oilalar va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va boshqalarni qo‘llab quvvatlash uchun yo‘naltiriladi, shu yo‘nalishdagi munosabatlarda soliq solinishini tartibga solish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqildi.

“Homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, homiylik (homiylik faoliyati) - yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik maqsadlarida boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga mol-mulkni, shu jumladan, pul mablag‘larini qaytarmaslik sharti bilan yoki imtiyozli shartlarda berishda, ular uchun ishlar bajarishda, ularga xizmatlar ko‘rsatish va ularni boshqacha shaklda qo‘llab-quvvatlashda ifodalanadigan ixtiyoriy beg‘araz yordami (faoliyati) hisoblanadi.

Shuni inobatga olib, bundan tashqari mamlakatda ushbu faoliyat turini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinishi Davlat budjetidan qo‘shimcha moliyaviy xarajatlarni talab qilmasligi aytilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Soliq kodeksiga o‘zgartish kiritiladi