12:02 / 10.04.2020
2 805

Pandemiya vaqtida ITB O‘zbekistonga 200 mln. dollar ko‘mak berishga tayyorligini ma’lum qildi

Pandemiya vaqtida ITB O‘zbekistonga 200 mln. dollar ko‘mak berishga tayyorligini ma’lum qildi
Islom taraqqiyot banki “Strategik tayyorgarlik va choralar to‘plami” ( umumiy qiymati 2,3 mlrd. AQSH dollari) imkoniyatlaridan foydalanib, O‘zbekistonga koronavirus pandemiyasi vaqtida har tomonlama ko‘mak berishga tayyorligini ma’lum qildi bank prezidenti Bandar Xajar bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umrzoqov bilan muzokaralar chog‘ida. Bu haqda investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

ITBning “Strategik tayyorgarlik va choralar to‘plami” pandemiya sharoitlarida Bank a’zolari hisoblangan mamlakatlarga yordam ko‘rsatish maqsadida tuzilgan.

ITB allaqachon koronavirus bilan kurashish uchun tashkil etilgan yangi klinikalar uchun tibbiy asbob-uskunalar va mahsulotlarni shoshilinch sotib olishni moliyalashtirish uchun O‘zbekistondagi mavjud kredit portfelidan 17 million dollar ajratgan.

Shuningdek B.Hajar koronavirus bilan kasallangan bemorlar uchun qurilayotgan yangi shifoxonalarni jihozlashga infrutuzilma loyihalari doirasida iqtisod qilingan 46 mln. AQSH dollarini qayta yo‘naltirish orqali O‘zbekistonga qo‘shimcha yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Videokonferensiya yakunlariga ko‘ra tomonlar sog‘liqni saqlash tizimi ehtiyojlari va O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznes korxonalarini qo‘llab-quvvatlash uchun ITB tomonidan umumiy qiymati 140 mln. dollardan ortiqroq bo‘lgan qo‘shimcha moliyalashtirishni jalb etish bo‘yicha ishlashga kelishib oldilar.

Avval xabar qilganimizdek, Jahon banki (1,2 milliard dollar), Osiyo taraqqiyot banki (1 milliard dollar), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (320 million dollar) O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Pandemiya vaqtida ITB O‘zbekistonga 200 mln. dollar ko‘mak berishga tayyorligini ma’lum qildi