13:50 / 12.04.2020
3 505

O‘zbekistonda kredit ta’tillari davomida ham foizlar hisoblanadi

O‘zbekistonda kredit ta’tillari davomida ham foizlar hisoblanadi
O‘zbekistonda kredit ta’tillari davomida kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishda davom etadi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabarida ma’lum qilingan.
Markaziy bank kredit tashkilotlarining qarz oluvchilariga murojaatida kredit bo‘yicha to‘lov muddatlari kechiktirilgan davrda ham foizlar hisoblanishda davom etishini, ushbu foizlar kechiktirilgan muddat tugaganidan so‘ng to‘lanilishi lozimligini ma’lum qildi.

«Kredit bo‘yicha to‘lov muddatlari kechiktirilgan davrda ham kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi davom etadi va ushbu foizlar kechiktirilgan muddat tugaganidan so‘ng to‘lanishi lozim.

Kelgusida qarz oluvchilarda qarz summasi oshib ketishining oldini olish maqsadida Markaziy bank joriy davr uchun kredit bo‘yicha to‘lovni amalga oshirishga moliyaviy imkoniyati bo‘lgan qarzdorlarga o‘z kreditlarini kredit shartnomalarida belgilangan muddatlarda so‘ndirishni davom ettirishni tavsiya etadi», deyiladi Markaziy bank xabarida.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus ta’sirini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlarga muvofiq moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik sub’ektlari va jismoniy shaxslarga banklar tomonidan ajratilgan kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun 1 oktabrga qadar imtiyozli davr berilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda kredit ta’tillari davomida ham foizlar hisoblanadi