10:50 / 13.04.2020
2 417

Markaziy bank imkoniyati bor qarzdorlarni olingan kreditlarni vaqtida qaytarishga chaqirdi

Markaziy bank imkoniyati bor qarzdorlarni olingan kreditlarni vaqtida qaytarishga chaqirdi
Markaziy bank hozirgi kunda kredit bo‘yicha to‘lovni amalga oshirishga moliyaviy imkoniyati bo‘lgan qarzdorlarni o‘z kreditlarini kredit shartnomalarida belgilangan muddatlarda to‘lashni davom ettirishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik sub’ektlari va jismoniy shaxslarga banklar tomonidan ajratilgan kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish muddatini 2020 yilning 1 oktabriga qadar kechiktirgan edi.

«Kredit bo‘yicha to‘lov muddatlari kechiktirilgan davrda ham kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi davom etadi va ushbu foizlar kechiktirilgan muddat tugaganidan so‘ng to‘lanilishi lozim.

Kelgusida qarz oluvchilarda qarz summasi oshib ketishining oldini olish maqsadida Markaziy bank joriy davr uchun kredit bo‘yicha to‘lovni amalga oshirishga moliyaviy imkoniyati bo‘lgan qarzdorlarga o‘z kreditlarini kredit shartnomalarida belgilangan muddatlarda so‘ndirishni davom ettirishni tavsiya etadi», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Markaziy bank tijorat banklari rahbarlarini karantin davrida markaziy telekanallarda, shu jumladan, «Koronavirus info»da doimiy brifinglar o‘tkazish, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va blogerlar orqali bank bilan bog‘lanish bo‘yicha aloqa kanallari (veb-sayt, ishonch telefoni, Telegram-bot) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keng targ‘ib qilgan holda, mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish tartibi (shu jumladan, ko‘p beriladigan savollarga batafsil javob berish) yuzasidan muntazam ravishda tushuntirish ishlarini olib borishga chaqiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank imkoniyati bor qarzdorlarni olingan kreditlarni vaqtida qaytarishga chaqirdi