15:10 / 23.04.2020
2 431

Tibbiy niqob xom ashyosi eksportiga va sement importiga cheklov joriy etilmoqda

Tibbiy niqob xom ashyosi eksportiga va sement importiga cheklov joriy etilmoqda
O‘zbekiston hukumati koronavirus pandemiyasi davrida tibbiy buyumlar uchun xom ashyo eksporti hamda sement mahsulotlari importiga cheklovlar joriy etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23 apreldagi qarori bilan 2020 yilning 1 mayidan 31 dekabriga qadar tibbiy niqob uchun xom ashyo eksportiga va koronavirus pandemiyasi davrida sement mahsulotlari importiga vaqtinchalik cheklov o‘rnatildi.

Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmatidagi manba Kun.uz’ga xabar berishicha, ushbu qaror qaror mamlakatdagi ko‘plab qurilish ob’ektlarida ishlar to‘xtab qolgani tufayli sementga bo‘lgan talab tushib ketgani hamda mahalliy sement ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan.

Tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish uchun xom ashyo eksportiga vaqtinchalik cheklov esa ichki bozorni barqaror ta’minlash maqsadida joriy etilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Tibbiy niqob xom ashyosi eksportiga va sement importiga cheklov joriy etilmoqda