11:30 / 01.05.2020
3 303

O‘zbekistonda aprel oyidagi inflyatsiya darajasi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda aprel oyidagi inflyatsiya darajasi ma’lum bo‘ldi
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-aprel oylari davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflar o‘rtacha 4,4 foizga ko‘tarildi. Yillik davrda esa (2019 yilning apreliga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘rtacha o‘sish sur’ati 14,5 foizni tashkil etdi.

2019 yilning aprel oyida tovarlar va xizmatlar narxlari oy davomida o‘rtacha 0,9 foizga ko‘tarilgan. 2019 yilning yanvar-aprel oylarida tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 5,3 foizga qimmatlashgan. 2018 yilning aprel oyiga nisbatan 2019 yilning aprel oyida tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 13,7 foizga oshgan.

O‘rtacha oylik INI o‘sishini hisoblash natijalariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-aprel oylarida ushbu ko‘rsatkich 1,1 foizni, 2019 yilning shu davrida esa 1,3 foizni tashkil etgan.

O‘tgan yilning dekabriga nisbatan 2019 va 2020 yillarning yanvar-aprel oylari davomida umumiy INI ko‘rsatkichlari orasidagi katta tafovut fevral oyida (mos ravishda 103,1 foizga qarshi 101,4 foiz, yoki 1,7 punkt), minimal darajada esa aprel oyida (105,3 foizga qarshi 104,5 foiz, yoki 0,8 punkt) qayd etilgan.

2020 yil aprel oyida yillik umumiy INI o‘tgan oyning shu ko‘rsatkichiga nisbatan 0,9 punktga ko‘tarildi (114,5 foizdan 113,6 foizgacha). Shu bilan birga, o‘tgan yilning aprel oyiga nisbatan 2020 yilning aprel oyidagi natija 2019 yildagi ushbu ko‘rsatkichga nisbatan 0,8 punktga baland bo‘ldi (114,5 foizga qarshi 113,7 foiz).

Yirik guruhlar kesimidagi narxlarning o‘zgarishiga ko‘ra, narxlar va tariflarning oshishi bo‘yicha yetakchilik o‘tgan oylardagi kabi oziq- ovqat mahsulotlariga tegishli bo‘ldi. Joriy yilning aprel oyida narxlar 3,3 foizga ko‘tarilib, nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari 0,7 foiz, xizmatlar esa 0,3 foizga oshgan.

Umumiy hisobda, 2020 yilning to‘rt oyi davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari darajasi 7,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlar 2,4 foiz, xizmatlar 1,8 foizga oshdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda aprel oyidagi inflyatsiya darajasi ma’lum bo‘ldi