19:30 / 13.05.2020
2 461

«O‘zbekneftgaz» Ai-92 benzin narxini 5000 so‘mga tushirdi

«O‘zbekneftgaz» Ai-92 benzin narxini 5000 so‘mga tushirdi
O‘zbekistondagi UNG yoqilg‘i quyish shoxobchalarida import qilingan Ai-92 benzinining narxi 15 maydan boshlab 5500 so‘mdan 5000 so‘mga tushiriladi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» matbuot xizmatiga tayanib, Spot ma’lum qildi.

Kompaniya tomonidan qayd etilishicha, bu so‘nggi ikki oy ichida Ai-92 benzini narxining uchinchi marta tushishi hisoblanadi. Mart oyining oxirida mazkur benzin narxi 6200 so‘mdan 6000 so‘mga tushgan, aprel oyining oxirida esa uning narxi 5500 so‘mga tushgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 1 maydan boshlab Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi. Shundan so‘ng, 1 maydan dizel yoqilg‘isi narxi 500 so‘mga pasayib, 6500 so‘m qilib belgilangan. 3 maydan boshlab esa Ai-80 benzinining narxi 500 so‘mga pasayib, bir litri 4000 so‘mdan sotila boshlagan.

Bundan tashqari, «O‘zbekneftgaz» kompaniyasining UNG brendi ostidagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida 13 apreldan boshlab Ai-91 markasidagi benzinning bir litri narxi 5800 so‘mdan 5600 so‘mgacha pasaytirilgan. Shuningdek, dizel narxi 1 martdan boshlab 7500 so‘mdan 7300 so‘mga pasaytirilgan, 3 apreldan boshlab esa dizel yonilg‘isi narxi yana 300 so‘mga arzonlashtirilgan holda sotuvga chiqarilgandi.

Aprel oyining boshida «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv kengashi raisining o‘rinbosari Ulug‘bek Ashurov O‘zbekistonda benzin va dizel narxi pasayishini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » «O‘zbekneftgaz» Ai-92 benzin narxini 5000 so‘mga tushirdi