15:15 / 20.05.2020
1 969

Facebook O‘zbekistonda soliq to‘lashni boshladi

Facebook O‘zbekistonda soliq to‘lashni boshladi
Foto: Simon Dawson | Bloomberg | Getty Images
Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng katta Facebook ijtimoiy tarmog‘i O‘zbekistonda soliq hisobiga qo‘yildi.
Xabar qilinishicha, Facebook ijtimoiy tarmog‘iga egalik qiluvchi, Niderlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan Facebook Technologies Ireland Limited 19 may kuni ro‘yxatga olingan.

Mamlakatda qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatga olingan xorijiy internet kompaniyalarning soni o‘ntadan oshdi.
Avvalroq, Google birinchi chorak uchun O‘zbekistonda 85 ming yevro, Apple esa 59,2 ming dollar to‘laganligi haqida xabar berilgan edi.

2020 yildan boshlab xizmatlar va tovarlarni elektron shaklda sotish bilan shug‘ullanuvchi xorijiy yuridik shaxslar O‘zbekistonda bunday xizmatlar bo‘yicha soliq to‘lovchi sifatida tan olinmoqda.

Soliq qo‘mitasi QQS bo‘yicha ofisni tashkil qildi, u O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy internet kompaniyalarga ro‘yxatdan o‘tish va soliqlar to‘lashni boshlash imkonini beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Facebook O‘zbekistonda soliq to‘lashni boshladi