13:56 / 17.07.2020
3 001

O‘zbekiston Rossiyaga gaz eksportini to‘xtatdi, Xitoyga eksport uch baravar qisqardi

O‘zbekiston Rossiyaga gaz eksportini to‘xtatdi, Xitoyga eksport uch baravar qisqardi
Foto: Mosday
Hozirda O‘zbekistonda olinadigan tabiiy gazning Xitoyga eksporti 3 baravarga kamaygan, Rossiyaga eksport butunlay to‘xtatilgan. Bu haqda prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilingan, deya xabar berdi «O‘zbekiston 24» telekanaliga tayanib «Gazeta.uz».

Shavkat Mirziyoyev videokonferensaloqa rejimida neft-gaz kimyosi, elektr texnikasi va farmatsevtika sanoatidagi yangi loyihalar taqdimoti hamda ushbu tarmoqlarni rivojlantirish ishlari bo‘yicha hisobotlar bilan tanishdi.

Hozirda O‘zbekistonda olinadigan tabiiy gazning Xitoyga eksporti 3 baravarga kamaygan bo‘lsa, Rossiyaga eksport butunlay to‘xtatilgan, deya ta’kidlandi yig‘ilishda.

«Shu sababli davlatimiz tabiiy gaz hamda barcha xom ashyo resurslarni qayta ishlash va tijoratlashtirishni yo‘lga qo‘ymoqda. Import mahsulotlarini o‘rnini bosadigan va eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulot ishlab chiqarib, iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun chora-tadbirlar ko‘rilmoqda», — deyiladi telesyujetda.

Mart oyining boshida «O‘ztransgaz» boshqaruv raisi Ulug‘bek Sayidov «Gazeta.uz» ga bergan intervyusida koronavirus sababli karantin e’lon qilinganidan keyin Xitoy vaqtincha tabiiy gazni qabul qilishni, shu navbatda O‘zbekiston gazini ham, to‘xtatib qo‘yganligi haqida ma’lum qilgan edi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «O‘ztransgaz» ichki bozorga 40 mlrd kubometr atrofida gaz yetkazib beradi. Undan tashqari, Rossiyaga 6 mlrd kubometr gaz Turkmaniston va Qozog‘iston orqali transportirovka qilinar edi. Asia Trans Gas QK yordamida (Xitoyning TAPLINE CNPC va «O‘zbekneftegaz» orasida) Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston-Xitoy gazotransport tizimi orqali 35−38 mlrd kubometr gaz transportirovka qilinadi.

2020 yilga gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarga ko‘ra, Xitoyga 2−6 mlrd kubometr atrofida, Qirg‘izistonga 60 mln kubometr atrofida, Tojikistonga 200 mln kubometr atrofida gaz eksport qilish rejalashtirilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston Rossiyaga gaz eksportini to‘xtatdi, Xitoyga eksport uch baravar qisqardi