18:04 / 22.08.2020
1 419

Popdagi echkichilik klasteri belaruslik hamkorlar bilan shartnoma imzoladi

Popdagi echkichilik klasteri belaruslik hamkorlar bilan shartnoma imzoladi
Ma’lumotlarga qaraganda, ichki bozorda bir kilogrammi 150 ming so‘mga boradigan echki yungidan 10 donadan paypoq va sharf, 3 tagacha ro‘mol to‘qish mumkin. Bu, anchagina pul, degani. Pop tumanida mazkur serdaromad sohaga e’tibor qaratilib, angor echkilari va hisori qo‘ylarni ko‘paytirishga ixtisoslashtirilgan klaster faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu yerda 140 ming AQSH dollari qiymatidagi xorijiy texnologiya o‘rnatilib, yungdan turli mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Klasterda echkilar parvarishiga aholi xonadonlarini jalb etish tajribasi qo‘llanilmoqda. Har bir xonadonga bank krediti asosida 10 — 15 boshdan naslli echkilar tarqatiladi. Ulardan echki yungidan tashqari jonivorning shifobaxsh suti ham qabul qilib olinadi vamikroeelementlarga boy qaymoq, pishloq hamda tvorog tayyorlanadi. Hozirga kelib bu ish bilan shug‘ullanayotgan oilalar budjetiga har oyda 2-3 million so‘mdan daromad kirib borayotir.

Echki yungidan to‘qiladigan kiyim-kechaklarning tashqi bozorda ham xaridori chaqqon. «Chorkesar echkichilik klasteri» shundan kelib chiqib, Belarus davlatidagi hamkorlar bilan 120 ming AQSH dollariga teng shartnoma imzoladi.

Viloyatning boshqa tumanlarida ham ushbu sohadagi loyihalar davom ettiriladi. Xususan, Chust va Kosonsoyga yaqin vaqt ichida 20 ming bosh naslli echki keltiriladi. Keyingi ikki-uch yil orasida ular sonini 80 ming boshga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Qudratilla NAJMIDDINOV
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)