10:30 / 10.10.2020
1 966

Markaziy bank 300 mln dollar miqdoridagi valyuta zaxirasi qanday maqsadga yo‘naltirilishi mumkinligini ma’lum qildi

Markaziy bank 300 mln dollar miqdoridagi valyuta zaxirasi qanday maqsadga yo‘naltirilishi mumkinligini ma’lum qildi
Markaziy bank joriy yilning 9 oyidagi ichki valyuta bozoridagi holat va 2020 yil yakuniga qadar kutilayotgan tendensiyalar yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, so‘nggi ikki oy davomida karantin bilan bog‘liq cheklovlarning yumshatilishi hamda iqtisodiy faollikning asta-sekinlik bilan tiklanib borishi ta’sirida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning nisbatan yuqori darajada bo‘lishi kuzatildi. Bu asosan karantin sharoitlarida qondirilmagan talabning ma’lum bir kechikish orqali yuzaga chiqishi bilan izohlangan.

2020 yilning yanvar-sentabr oylari davomida ichki valyuta bozorida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan jami 10,7 mlrd. dollarlik xorijiy valyuta sotib olindi.

Mazkur davrda ichki valyuta bozorida xorijiy valyutadagi umumiy taklif hajmi 7,0 mlrd. dollarni tashkil etib, qolgan 3,7 mlrd. dollarlik talab esa Markaziy bankning intervensiyalari hisobiga to‘liq qondirildi”, - deyiladi ma’lumotda.

Ta’kidlanishicha, hisobot davrida ichki valyuta bozoridagi Markaziy bankning intervensiyalari oltin-valyuta zaxiralarining neytralligi tamoyiliga asoslangan holda, mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan oltin miqdori doirasida amalga oshirildi.

Markaziy bank kelgusi oktabr-dekabr oylari davomida ham ushbu tamoyilga asosan ichki valyuta bozoriga intervensiyalarni amalga oshirib boradi. Bunda ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning sezilarli darajada oshishi kuzatilgan holatlarda, zaruriyatga qarab, yil boshidan oltin xaridi va amalga oshirilgan intervensiya operatsiyalari o‘rtasidagi tafovutdan hosil bo‘lgan 300 mln. dollar miqdoridagi valyuta zaxirasi ham ushbu maqsadlarga yo‘naltirilishi mumkin”, - deya ma’lum qildi Markaziy bank.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank 300 mln dollar miqdoridagi valyuta zaxirasi qanday maqsadga yo‘naltirilishi mumkinligini ma’lum qildi