19:42 / 24.11.2020
2 219

O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar kursi 10 450 so‘mga qadar ko‘tarildi

O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar kursi 10 450 so‘mga qadar ko‘tarildi
O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 24 noyabrdan boshlab dollar kursi ko‘tarildi, deb yozadi Spot.
Banklar asosan AQSH dollarini 10 400 so‘mdan xarid qilmoqda, sotish — 10 450 so‘mdan. Masalan, o‘tgan hafta 10 360 so‘mdan xarid qilingan va 10 430 so‘mdan sotilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 23 noyabr kuni Markaziy bank xorijiy valyutalar kursini yangiladi. AQSH dollari ketma-ket to‘rt haftadan buyon o‘sishni davom etmoqda. 23 noyabr yakunlariga ko‘ra, valyuta birjasida bir AQSH dollar 10 420 so‘mni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, 2020 yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida O‘zbekiston milliy valyutasining AQSH dollariga nisbatan almashuv kursi 8,6 foizga qadrsizlangan. Oktabrda esa Markaziy bank so‘mning keskin qadrsizlanishi ehtimolligini past deb baholagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar kursi 10 450 so‘mga qadar ko‘tarildi