12:33 / 03.01.2021
1 085

Eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi

Eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi
Foto:«Podrobno.uz»
Hukumat qarori bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, moliyaviy yordam olish uchun eksport qiluvchi tashkilotlar Eksportni rag‘batlantirish agentligiga (Agentlik) ariza va buyurtmanoma-anketa to‘ldirib taqdim etadi.

Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar Agentlik tomonidan ariza qabul qilingan kundan boshlab 7 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.

Moliyaviy yordam ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, to‘lovlar Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalarga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarning bank hisobvarag‘iga, amalga oshirilgan xarajatlar bo‘yicha esa qaror qabul qilingan kundan boshlab 5 ish kuni ichida eksport qiluvchi tashkilotlarning bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.

Agentlik tomonidan beriladigan moliyaviy yordam miqdorlari, jumladan:

- standantlarni joriy qilish va muvofiqlashtirish sertifikatlarini olish yo‘nalishida – 100 foiz, lekin bitta xalqaro standantni joriy qilish va sertifikatni olish uchun 20 ming AQSH dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;

- xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etish yo‘nalishida – 100 foiz miqdorda;

- xorijiy vakolatli organlarda mahalliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘nalishida – 100 foiz, lekin bir eksport qiluvchi tashkilot uchun 10 ming AQSH dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Agentlik faoliyati samaradorligini monitoring qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)