Xalqaro press-klubning 2021 yil 6 yanvar kuni o‘tkazilgan navbatdagi sessiyasida Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev xorijiy valyuta kurslarining almashinuv qiymati bo‘yicha ma’lumotlar bosh regulyator tomonidan har kuni e’lon qilinishini aytdi, deb xabar bermoqda «Kun.uz».
Ta’kidlanishicha, 2021 yilning fevral oyidan boshlab valyuta birjalari har kuni soat 10:00 dan 15:00 gacha doimiy ishlaydi. Birja ish kuni yakunlangandan, keyin Markaziy bank birjadagi o‘rtacha narxlardan kelib chiqqan holda, har kuni valyuta kurslarini yangilab boradi.
Hamroyevning ta’kidlashicha, Markaziy bank tomonidan 2021 yil amalga oshirilishi maqsad qilingan asosiy rejalardan biri – milliy valyutaning chet el valyutasiga qaramligini kamaytirish va inflyatsiya darajasining 10 foizdan oshib ketmasligini ta’minlashdir.
Shuningdek, tadbirkorlar tijorat banklaridan onlayn tarzda buyurtma berib to‘g‘ridan-to‘g‘ri valyuta xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida 2021 yilda narx-navo o‘sishini 10 foizdan oshirmaslik Markaziy bank va hukumatning asosiy vazifasi bo‘lishi kerakligi ta’kidlangandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

O‘zbekistondagi 9 ta bank kredit berishni boshladi

O‘zbekistonda yangi tangalar 2 iyuldan muomalaga kiritiladi (foto)

«Ravnaq Bank» 70 mlrd so‘mlik aksiyalarini ochiq savdoga chiqardi

«Universal bank»ka xorijiy valyutalarda operasiyalarni o‘tkazishga lisenziya berildi

Ozarbayjon poytaxtida valyuta sotish to‘xtatib qo‘yildi

Rossiyada evroning rasmiy kursi 71,3 rublgacha tushib ketdi