08:00 / 25.02.2021
1 579

Baliq tangalaridan olingan tolaning afzalligi nimada? “B Jeans” 2021 yilgi bahor-yoz to‘plamini taqdim etdi

Baliq tangalaridan olingan tolaning afzalligi nimada? “B Jeans” 2021 yilgi bahor-yoz to‘plamini taqdim etdi
Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan “B Jeans” franchayzing forumi doirasida O‘zbekistonda yaratilgan birinchi jinsi brendining 2021 yil bahor-yoz to‘plami taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Yangi to‘plamdan erkaklar va ayollar jinsi liboslari, ustki kiyimlarning zamonaviy va qulay modellari joy olgan. Kolleksiya mualliflarining aytishicha, u o‘zida uchta asosiy yo‘nalishni qamrab olgan. Bular — “Blue Spirit”, “Smart Beauty Denim” hamda “JEANIUZ. Blue Spirit” konsepsiyasi bo‘lib, ularda indigoning klassik ko‘k rangidan foydalanilgan.

Ushbu to‘plam yaratilishiga Buxoro shahrining qadimiy me’morchiligi, tarixiy osori atiqalari ilhom bag‘ishladi, — deydi “Bukhara Cotton Textile” korxonasining turkiyalik marketologi Aysun Unsal. — Natijada ekologik toza, universal mato va ilg‘or texnologiyalardan foydalanilgan holda, ajoyib modellar ishlandi. Masalan, “Smart Beauty Denim” kolleksiyaning o‘ziga xosligini ta’minlagan. Chunki unda “Biosense Hydra” kollageni qo‘llanilganki, bu inson tanasini ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi, teri mayinligi va egiluvchanligi oshiradi.

Forumda Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi xorijiy davlatlar, shuningdek, yurtimizning yetakchi moda mutaxassislari, marketolog va franchayzirlari ishtirok etdi. Ular nafaqat “B Jeans"ning yangi liboslari to‘plami, balki “Bukhara Cotton Textile” korxonasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.

Tadbir ishtirokchilari va hamkorlarda jinsi ishlab chiqarishda ekologik toza materiallardan foydalanayotgani katta qiziqish uyg‘otdi.

Loyiha koordinatori Muzaffar Rahmatovning ma’lum qilishicha, jinsi matolari to‘qishda yangi avlod tolasi hisoblangan "umorfil" ishlatilmoqda. 100 foiz biologik parchalanadigan ushbu tola baliq tangalaridan olinadi. Uning afzalligi shundaki, inson tanasidagi namlik yo‘qotilishining oldini oladi. Qolaversa, ultrabinafsha nurlarni o‘ziga yutib, hidlantirmaydi. Kelgusida «tencel» va "laykrat 400" kabi ekologik toza tolalarni qo‘llash ham ko‘zda tutilgan.

Forum ishtirokchilarining fikricha, “Bukhara Cotton Textile” korxonasida amaliyotga tatbiq qilinayotgan bu kabi innovatsiyalar uning mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirib, milliy brend xorijda ham ommalashishiga xizmat qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Baliq tangalaridan olingan tolaning afzalligi nimada? “B Jeans” 2021 yilgi bahor-yoz to‘plamini taqdim etdi