Bu haqda 23 fevral kuni Transport vazirligida Airbus International kompaniyasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytib o‘tildi.
Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev hamda Airbus International kompaniyasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse prezidenti Jak Garrig o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda fransuz kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarining hozirgi holati va istiqbolli rejalar muhokama etildi.
Xususan, Airbus Helicopters kompaniyasidan vertolyotlar sotib olish, ushbu havo transport turida qatnovlarni yo‘lga qo‘yish orqali mazkur yo‘nalishda Markaziy Osiyo mintaqasi bozorida yetakchi ishtirokchiga aylanish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Ushbu yo‘nalishni rivojlantirishda xorijiy davlatlarning vertolyotlar ekspluatatsiyasi va uchuvchilar uchun treninglar o‘tkazish bo‘yicha tajribalarini o‘rganish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Airbus International kompaniyasi vakillari aeroportlarni boshqarish sohasida ham hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘z takliflarini bildirishdi. Uchrashuv davomida fransuz tomoni joriy yilning may oyida Fransiya savdo vazirining O‘zbekistonga tashrifi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar muzokaralarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan ma’lumotlar almashish va istiqbolda hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishib olishdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi